КЛИМАКС БИЛАН КУРАШАМИЗ+

Published: 02 January 2021
on channel: NIYAT SHIFO
59,898
813

Menopauza davrida ayol organizmida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Ko‘plab ayollar menopauzaning, ta'sirchanlik, kayfiyatning tez-tez o‘zgarishi, uyqu buzilishi va qon bosimining o‘zgarishi kabi turli ko‘rinishlarini alohida xavotir bilan kutadilar. Klimaks ular uchun hayotlarini tubdan o‘zgartirib yuboruvchi qudratli kuchday tuyuladi, ya'ni undan keyin hayot bunchalik rang-barang va qiziqarli bo‘lmaydigandek. Ushbu masalada ularning bunday qarashiga ko‘plab ginekolog mutaxassislar qo‘shilmaydilar, ular: «Klimaksni – oddiy bir bosqich», - sifatida qabul qiladilar.

Menopauza davrida ayol organizmida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Avvalo shuni ta'kidlashni istardikki, menopauza har bir ayolda ma'lum bir yoshda yuzaga keladigan normal fiziologik jarayondir. Bu holatda uning tanasida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y beradi, bu ikkita asosiy gormon – estrogen va progesteron ishlab chiqarishning kamayishi bilan bog‘liq jarayondir.


Watch video КЛИМАКС БИЛАН КУРАШАМИЗ+ online without registration, duration hours minute second in high quality. This video was added by user NIYAT SHIFO 02 January 2021, don't forget to share it with your friends and acquaintances, it has been viewed on our site 59,898 once and liked it 813 people.