Болаларда ларингитни даволаш

Published: 02 March 2021
on channel: NIYAT SHIFO
124,838
943

Bolalarda laringit – nafas yoʻllari yuqori qismi (hiqildoq) yalligʻlanish kasalligi boʻlib, ovoz apparati va nafas olish buzilishi bilan kechadigan patologik holat. Bolalarda laringit “xurish» kabi yoʻtal, ovozning boʻ​gʻiqlashuvi, tana harorati koʻtarilishi, nafas olish qiyinlashuvi kabi belgilar bilan kechadi.

Bolalarda laringit diagnostikasi bolalar otolaringologi tomonindan klinik belgilar, laringoskopiya, virusologik yoki bakteriologik tekshiruv natijalari asosida qoʻyiladi. Bolalarda laringit davosida kamroq gapirish, antigistamin, virusga qarshi preparatlar yoki antibiotiklar, ingalyatsiya va fizioterapiya muolajalari yordamida olib boriladi.
Bolalarda laringit – hiqildoq shilliq qavatlari va ovoz boylamlarining yalligʻlanishidir. Laringit kasalligi koʻproq erta yoshdagi va maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarda uchraydi. Laringit bolalarda kam holatlarda yagona kasallik sifatida namoyon boʻladi, koʻpincha traxeit va bronxit bilan birgalikda – laringotraxeobronxit koʻrinishida kechadi.

Bolalarda oʻtkir laringit natijasida nafas yoʻllarining yuqori qismlari obstruksiyasi (yopilib qolishi) kelib chiqishi mumkin, bunday holatlarda tez tibbiy yordam koʻrsatish talab etiladi. Yuqorida keltirib oʻtilgan laringit belgilari kasallikning jiddiy ekanligi va ota-onalar, pediatr va bolalar otolaringologi eʼtiboridan chetda qolmasligi zarur.


Watch video Болаларда ларингитни даволаш online without registration, duration hours minute second in high quality. This video was added by user NIYAT SHIFO 02 March 2021, don't forget to share it with your friends and acquaintances, it has been viewed on our site 124,838 once and liked it 943 people.