Shifokorlarning fikriga ko‘ra, visseral yog‘ ko‘proq yallig‘lanishli oqsillarni ishlab chiqaradi, natijada bunday oqsillar qon tomirlari, qon bosimi va boshqa organlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kardiologlar tanadagi qo‘shimcha santimetr ortiqcha kilogrammga qaraganda xavfli ekanidan ogohlantiradi. Ya’ni kishining chiqqan qorniga qarab uning ovqatlanish tartibi va turmush tarzi haqida bemalol bilish mumkin.
Qorindagi visseral yog‘ni yo‘qotish uchun jismoniy harakatni ko‘paytirish lozim. Buning uchun haftasiga 150 daqiqa jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanishning o‘zi yetadi. Bularning ichida aerobik mashqlar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha samarali bo‘ladi. Shifokorlar tez yurish, yugurish, velosipedda sayr qilish yoki suzishni tavsiya etadi. Agar davolovchi shifokor tomonidan qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, zinalardan tez-tez chiqib tushish ham bu borada foyda beradi.
Bundan tashqari, shirin ichimliklar va shakarni ratsiondan chiqarib tashlagan ma’qul. Buning o‘rniga kletchatkaga boy mahsulotlar: jo‘xori va guruch kepagi, arpa, sitrus mevalar, olma iste’mol qilish lozim. Mutaxassislar fikricha, har o‘n gramm eriydigan kletchatka visseral yog‘ni 3,7 foizga kamaytirishi mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, “bo‘sh” (qayta ishlangan) uglevodlar qorinda yog‘ paydo bo‘lishining asosiy sababchilaridir.
Watch video ҚОРИНДАГИ ЁҒДАН ХАЛОС БЎЛИШ учун online without registration, duration hours minute second in high quality. This video was added by user NIYAT SHIFO 03 May 2021, don't forget to share it with your friends and acquaintances, it has been viewed on our site 342 once and liked it 17 people.