O’yin uchun mo’ljallangan smartfonlar maydonida yana bir “jangchi” paydo bo’ldi. U Xitoyning Vivo kompaniyasiga tegishli iQOO subbrendidandir. “I Quest On and On” so’zlarining qisqartmasidan olingan nom doimiy yangi g’oyalar uchun izlanuvchan degan ma’noni anglatadi.
Shisha bilan qoplangan korpusi sport mashinalarining dizaynini ham eslatib yuboradi. Orqa tomonining markazidan esa chiroqli diodga ega chiziqcha o’tkazilgan. U 3 xil: Lavali olovrang, Elektro-optik ko’k hamda premiuim talqini karbonli qora qilib chiqariladi.
Protsessori eng so’nggi Snapdragon 855, tezkor xotirasi 6 hamda doimiysi 128 GB. Eng kuchli variantida bu ko’rsatkichlar 12 ga 256 GBga teng. Bu eng zamonaviy o’yinlarni ishga tushirishi uchun bemalol yetadi.
Displeyiga keladigan bo’lsak, u 6.41 dyuymli AMOLED. Ekrani smartfon old qismining 91.7% joyini egallagan. Selfi kamerasi esa huddi tomchi kabi joylashtirilgan. Asosiy kameralari uchta. 12 megapikselligi oddiy suratga tushirishga, 13 ligi keng burchak ostida va 2 megapikselligi orqa fonni xiralashtirib tasvirga olish uchundir.
Mana shu flagemnning zo’r ishlashini soatiga 4000 milliamperlik akkumulyatori ta’minlasa, u to’liq quvvatlanishiga bor yo’gi 45 daqiqa yetarli.
Androidning 9-Pie versiyasi asosida ishlovchi gadjet Funtouch OS 9 maxsus dasturiy ta’minotiga ega. Gamerlar uchun ham sovg’alari bor. Masalan, smartfonning yon tomonida bosimni sezuvchan Monster Touch tugmachalari bor. U orqali o’yin o’ynash ancha qulay. Qo’shimchasiga 4D gaming 2.0+ texnologiyasi ham mavjud. Qizib ketishining oldini olish uchun Cooling Turbo sovutish tizimi, dasturni optimizatsiyasi uchun esa Multi-Turbo funksiyasi ishlab turadi. Narxiga keladigan bo’lsak, 447 AQSh dollaridan boshlanib 641 dollarga tugaydi. Bu Xitoy hududidagi narx, albatta.
#vivo #iqoo #vivoiqoo #android #chinaphone #uzbekcha #xitoy #smartphone
-----------------------------------------
📲 Obuna bo'ling:
📸 / jaloliddinjm
💻 / jaloliddinjm
🐦 / jaloliddinjm
🔷 https://www.vk.com/jaloliddinjm
📱 https://t.me/jmfanclub
🌐 http://www.jm.uz
Watch video Eng kuchli Android smartfon sotuvda! 💰 VIVO iQOO online without registration, duration hours minute second in high quality. This video was added by user JM Blog 10 March 2019, don't forget to share it with your friends and acquaintances, it has been viewed on our site 3,510 once and liked it 86 people.