Oddiy yo'lda FORMULA-1 poygasi? 😱 Ozarbayjonda buning imkoni bor!

Published: 15 July 2022
on channel: JM Blog
1,010
43

🇦🇿 Oddiy kunlarda mahalliy aholi bilan to’lib toshgan Baku ko’chalarining 6 kmlik qismi bu yil ham odatdagidek poyga o’yinlari uchun moslashtirildi. O’rnatilgan temir panjaralar-u baland o’rindiqlar, yopilgan va qisqartirilgan yo’llar katta tirbandliklarni yuzaga keltirib aholiga noqulayliklar tug’dirishi rost, lekin bularning barchasi 10-12-iyun kunlari poytaxt mehmonlarini quvontirgan bo’lishi shubxasiz.

6 yil ichida faqatgina 2020-yilda koronavirus pandemiyasi sabab o’tkazilinmagan Ozarbayjon gran prisi tomoshabinlar tashrifisiz bo’lsa-da o’tgan yili tashkillashtirildi. Shuning uchun bu yil haqiqiy drayvni sog’ingan xorijlik mehmonlar soni har doimgidanda ko’p.

Dunyodagi eng shiddatlilaridan hisoblangan Baku Circuit poyga trassasi 20 ta burilishga ega bo’lib, eng qizig’i u YUNESKO ning umujahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Icheri Sheher, Qiz Qal’asi yonginasidan ham o’tadi.

Oddiy kunlarda avtomobillarga soatiga 60 km tezlikda yurish ruxsat etilgan bo’lsa-da, bu yo’llardan yiliga bir necha kun davomida tezlikni soatiga 360 gacha yetkazishga ruxsat etiladi. Agar, mashinangiz Formula poygalari uchun moslangan bo’lsa, albatta.

Bu tezlikka esa quyidagi dunyoning eng mashhur poygachilari aynan Baku ko’chalarida erisha oldi: Red Bull Racing’dan jahon chempioni Maks Ferstappen va Serxio Peres, Alpin jamoasidan ikki karra jahon chempioni Fernando Alonso, Aston Martin’dan 4 karra jahon chempioni Sebastian Fettel hamda Mercedes jamoasidan 7 karra jahon chempioni afsonaviy Lyuis Xemilton, shuningdek, dong’i ketgan Mixail Shumaxerning o’g’li Mik.

1 soatu 34 daqiqa, 5 soniya ichida eng tezkor bo’lib, Baku City Circuitni 51 marta aylanib chiqa olgan Maks Ferstappen 25 ochko bilan Ozarbayjondagi F1 poygasi g’olibi bo’ldi va jahon chempionligi sari yana bir qadamni tashladi. Keyingi manzil esa 19-iyun kuni bo’lib o’tadigan Kanada gran prisi.

Afsuski, poyga trassalarida mashinalar bilan baxtsiz xodisalar ham kuzatilib turadi. Ana shunday vaziyatlarda poyga avtomobilidan ushib chiqishi mumkin bo’lgan detallar tomoshabinlarga borib tegmasligi uchun ham mana shunday to’siqlarga ehtiyoj bor.

Yana bir qiziq fakt, biz odatda Formula-1 deb o’rgangan poyga musobaqalari yolg’iz emasligidan xabaringiz bormidi? Eng mashhur formulali poygalar Formula 1, Formula 2, Formula 3, Formula 4 va IndyCar hisoblanadi. Bu huddi futbol va boshqa sport turlaridagi 1-liga, 2-darajali liga va hokazo degani. Bundan tushunish mumkinki, Formula 1 eng kuchlilar bellashadigan maydon, 2 – 3 – 4 va undan yuqorilari esa darajasi nisbatan pastroqlari. Masalan, bu yil Formula 2 poygalari Bakuda ham tashkillashtirildi.

Umumiy xulosa qilib aytadigan bolsak, bu kabi Formula-1 poygalarini biz ham O’zbekistonda o’tkaza olar ekanmiz. Tasavvur qiling-a, poytaxtimiz Toshkent yoki qadimiy va navqiron Samarqand ko’chalari bir muddatga poyga trassasiga aylantirilsa, bu sportga qiziquvchilarni ortishiga va yurtimizga keladigan sayyohlar oqimini ham oshirishga olib kelishi shubxasiz.

-
👋🏻 Salom! Meni ismim Jaloliddin Mirzayev. Men kam sonli O'zbek texno bloger/vlogerlaridan biriman hamda "Mening yurtim" (MY5) telekanalidagi #HASHTAG ko'rsatuvi muallif-boshlovchisiman. "JM BLOG" kanalimga obuna bo'ling va eng so'nggi, sara texnoxabarlar video tariqasida sizni gadjetingizga birinchi bo'lib boradi. :)

🔔 Qo'ng'iroqcha tugmasini bosib qo'ying, shunda siz bizning eng yangi videolarimizni o'tkazib yubormaysiz! (Qo'ng'iroqcha tugmasi 🔔 Подписаться belgisi oldida joylashgan).
-----------------------------------------
📲 Obuna bo'ling:
📸   / jaloliddinjm  
💻   / jaloliddinjm  
📱 https://www.t.me/hashtaguz
🌐 http://www.jm.uz


Watch video Oddiy yo'lda FORMULA-1 poygasi? 😱 Ozarbayjonda buning imkoni bor! online without registration, duration hours minute second in high quality. This video was added by user JM Blog 15 July 2022, don't forget to share it with your friends and acquaintances, it has been viewed on our site 1,010 once and liked it 43 people.