Apple Event 3,5 daqiqada | iPhone 15 / Plus / Pro / Pro Max, Watch 9 Series va Watch Ultra 2

Published: 13 September 2023
on channel: JM Blog
1,360
55

Apple ishqibozlarining biroz xafsalari pir bo’ldi. Androidchilar doimgidek esa bundan xursand. Sababi, yangi iPhone’da kutilgan va oldindan bashorat qilingan kam bo’lsada yangiliklar bor, kutilmagan shov-shuvli innovatsialar yo’q.

Xullas, Apple Event bu safar kompaniya gadjetlari tomonidan hayoti qutqarib qolingan insonlar haqidagi roliki bilan boshlandi. Unda qo’l soati yurak xuruji va aretmiyani avvaldan aniqlab bergani, kimsasiz joylarda qolib ketganida sputnik aloqasi yordamida qutqaruvchilarni chaqirgani va avtohalokatda avtomatik tarzda yordam chaqirib egasining hayotini saqlab qolgani haqida hikoya qilindi. Keyin esa kompaniya qayta tiklanuvchi materiallardan foydalanib, energiyani quyosh panellaridan olayotganini aytib ekologiyaga g’amxo’rliklari haqida alohida to’xtalishdi va gadjetlar taqdimoti boshlandi.

Birinchisi, yangi S9 protsessorli va yaxshilangan ekranga ega Apple Watch 9 seriyasi bo'ldi. Pushti rangdagi talqinidan tashqari inqilobiy yangiliklari deyarli yo’q.

Ikkinchi yangilik esa (agar buni yangilik deb atash mumkin bo’lsa albatta) bu - Apple Watch Ultra 2. Unda ham yangi chip, yorqinroq ekrandan boshqa yangi narsa ko’rinmadi.

iPhone 15 masalasida esa, ko’rinishi o’tgan yilgi 14-versiya bilan deyarli bir xil. Faqat Dynamic Island ya’ni mana shu dinamik orolcha seriyadagi oddiy versiyalarda ham mavjud endi. 48 megapikselli kamera, Lightning porti o'rniga boshqa Android smartfonlardagi kabi USB-C kabelini qo’llashi, 5 ta qora, oq, yashil, pushti va sariq ranglarning mavjudligi o’zgarishlar xolos.
iPhone 15 va 15 Plus mos ravishda 800 va 900 dollardan rasman 22-sentabrdan xorijda solishi boshlanadi.

Kutilgan kulminatsiya, iPhone 15 Pro va 15 Pro Max flagmenlarida esa vaziyat biroz yaxshiroq. Endi devays titan korpusga ega. Va kompaniyaning aytishicha, bu material Marsga uchirilgan apparatning asosiy metali bilan bir xil. Ko’proq erkaklarga moslangan smartfon 4 rangda mavjud bo’ladi: tabiiy titan, qora, oq va to'q ko'k. Ekran atrofidagi ramka ingichkaroq, protsessori esa yangi A17 Pro. Apple har yili aytadiganidek, avvalgi smartfondan 20-30% ga yaxshiroq va kuchliroq. 5 karra optik kattalashtirish imkoniyatiga ega kamera va USB-C kabel orqali 10 Gbit gacha ma'lumotlarni uzatish tezligi esa yaxshi yangilik bo’lganini tan olish kerak. Faqat, bunday tezlikdagi fayllarni kompyuterga tashlash uchun 70 yoki 130 AQSH dollari evaziga maxsus Thunderbolt kabelini xarid qilish kerak bo’ladi va bu fishka faqat Pro versiyadagi “olmacha”larga tegishli.

Xorijdagi rasmiy do’konlarida 128 GB xotirali 15 Pro $999 dan, 256 GB li 15 Pro Max $1199 dan sotilsa, internetda tarqalgan ma’lumotlarga qaraganda O’zbekistonda no rasmiy tarzda $2100 atrofida narx evaziga buyurtmalar qabul qilinishi boshlanibdi.

Aytgancha, Airpods Pro 2 ham USB-C porti bilan chiqarildi. iCloud orqali esa 6 yoki 12 TB gacha xotirani kengaytirish mumkin. Va yangi iOS 17 proshivkasi 18-sentabrdan boshlab sizning ham iPhone’ningizga havodan yetib boradi. Qisqasi, shunaqa gaplar.

#apple #iphone15 #iphone15promax
-----------------------------------------
📲 Obuna bo'ling:
📸   / jaloliddinjm  
💻   / jaloliddinjm  
🐦   / jaloliddinjm  
🔷 https://www.vk.com/jaloliddinjm
📱 https://t.me/hashtaguz
🌐 http://www.jm.uz


Watch video Apple Event 3,5 daqiqada | iPhone 15 / Plus / Pro / Pro Max, Watch 9 Series va Watch Ultra 2 online without registration, duration hours minute second in high quality. This video was added by user JM Blog 13 September 2023, don't forget to share it with your friends and acquaintances, it has been viewed on our site 1,360 once and liked it 55 people.