AKT vaziri UzIMEI va SUN'IY YO'LDOSH haqidagi savolga javob berdi |

Published: 01 January 1970
on channel: JM Blog
1,277
42

💻 24-27-oktabr kunlari Samarqand shahrida «Silk road Samarkand» majmuasida o‘tkaziladigan “ICTWEEK Uzbekistan – 2022” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga bag‘ishlan matbuot anjumani to'liq shaklda.

Bugun, 18-oktabr kuni AOKAda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va dasturiy ta’minot bozorini rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, O‘zbekistonni axborot texnologiyalari sohasidagi mintaqaviy markaz – IT-xabga aylantirish, respublikada raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish natijasida erishilgan yutuqlar, imkoniyat va imtiyozlarni namoyish etish, amaliy natijalar, rivojlanish tendensiyalarini muhokama qilish maqsadida “ICTWeek Uzbekistan” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini 2022-yil 24-27-oktabr kunlari o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tadbir Samarqand shahridagi “Silk road Samarqand” yangi xalqaro turizm markazi hududida yirik xorijiy va mahalliy kompaniyalar o‘zlarining yangi texnologik yechimlarini taqdim etadilar.

“ICTWEEK 2022” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi 2004-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinmoqda. Oxirgi 18 yil davomida ushbu tadbir an'anaviy tarzda bir qator ixtisoslashgan tadbirlarni yagona formatda birlashtirib keladi.

‪@ictweekuzbekistan5309‬ #ictweek #ictweek22
-----------------------------------------
📲 Obuna bo'ling:
📸   / jaloliddinjm  
💻   / jaloliddinjm  
🐦   / jaloliddinjm  
🔷 https://www.vk.com/jaloliddinjm
📱 https://t.me/hashtaguz
🌐 http://www.jm.uz


Watch video AKT vaziri UzIMEI va SUN'IY YO'LDOSH haqidagi savolga javob berdi | online without registration, duration online in high quality. This video was added by user JM Blog 01 January 1970, don't forget to share it with your friends and acquaintances, it has been viewed on our site 1,277 once and liked it 42 people.