Oʻzbekiston harbiylari Qozogʻistondagi mintaqaviy xalqaro o‘quvlarda qatnashmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Qozogʻiston Respublikasida bir necha kun davom etadigan “Birlestik-2024” mintaqaviy xalqaro o‘quvlarida ishtirok etish uchun “Oymasha” poligoniga yetib bordi.
O‘quvlar “Oymasha” poligoni va Toʻqmoq burnidan 2 kilometr uzoqlikdagi dengiz maydonida oʻtkazilmoqda. 17-iyulgacha harbiylar qurolli mojaroni bartaraf etish boʻyicha qoʻshma operatsiyani oʻtkazadi. Unda Oʻzbekiston va mezbon davlatdan tashqari Ozarbayjon, Qirgʻiziston va Tojikiston harbiylari ham qatnashmoqda.
Mazkur hamkorlikdagi xalqaro oʻquvda boshqa davlatlar armiyasi bilan tajriba almashish, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan turli keskin vaziyatlarga doimo shay turish, eng soʻnggi texnologiyalar yordamida harbiy xizmatchilar koʻnikmalarini muntazam oshirishga alohida eʼtibor qaratilyapti.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
#uzarmy #uzbekistan #harbiylar #uzbeksila #askarlar #birlestik #birleshtik2024
Watch video O‘zbek harbiylari “Birlestik-2024” mintaqaviy xalqaro o‘quvlarida qatnashmoqda. online without registration, duration hours minute second in high quality. This video was added by user Armiya Kundaligi 11 July 2024, don't forget to share it with your friends and acquaintances, it has been viewed on our site 1,794,597 once and liked it 40 thousand people.