Ular bilan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari mehnat va jangovar xizmatlari, samarali davlat, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uchun taqdirlanishlari mumkin. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi uchun xizmat koʻrsatgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham, ayrim hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ijodiy jamoalar va harbiy boʻlinmalar, Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy birliklari ham mukofotlanishi mumkin. „Davlat mukofotlari toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi qonuniga koʻra, orden va medallar Oliy Majlis tomonidan taʼsis etiladi, orden va medallar bilan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti taqdirlaydi.
Bir martalik pul mukofotlari
„Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni har oylik maoshiga qo'shimcha yoki ish haqi miqdorida berib boriladi.
„Oliy Darajali Doʻstlik“ ordeni — eng kam ish haqining 200 baravari;
„Mustaqillik“ ordeni — eng kam ish haqining 75 baravari;
„Imom Buxoriy“ ordeni — eng kam ish haqining 70 baravari;
„Amir Temur“ ordeni — eng kam ish haqining 70 baravari;
„Jaloliddin Manguberdi“ ordeni — eng kam ish haqining 60 baravari;
„Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni — eng kam ish haqining 60 baravari;
„El-yurt hurmati“ ordeni — eng kam ish haqining 50 baravari;
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti — eng kam ish haqining 50 baravari;
„Mard oʻgʻlon“ davlat mukofoti — eng kam ish haqining 50 baravari;
„Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni — eng kam ish haqining 45 baravari;
„Mehnat Shuhrati“ ordeni — eng kam ish haqining 40 baravari;
„Faxriy murabbiy“ ordeni — eng kam ish haqining 40 baravari;
1-darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni — eng kam ish haqining 40 baravari;
2-darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni — eng kam ish haqining 25 baravari;
1-darajali „Shon-sharaf“ ordeni — eng kam ish haqining 40 baravari;
2-darajali „Shon-sharaf“ ordeni — eng kam ish haqining 20 baravari;
„Doʻstlik“ ordeni — eng kam ish haqining 30 baravari;
„Salomatlik“ ordeni — eng kam ish haqining 30 baravari;
„Salomatlik“ ordeni — eng kam ish haqining 25 baravari;
„Mardlik“ ordeni — eng kam ish haqining 15 baravari;
„Sodiq xizmatlari uchun“ medali — eng kam ish haqining 10 baravari;
„Kelajak bunyodkori“ medali — eng kam ish haqining 10 baravari;
„Jasorat“ medali — eng kam ish haqining 10 baravari;
„Sogʻlom turmush“ medali — eng kam ish haqining 10 baravari;[28]
„Shuhrat“ medali — eng kam ish haqining 5 baravari;
Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy yorligʻi — eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida bir martalik mablagʻ toʻlanadi.
Watch video Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallariga qancha pul mukofoti beriladi? online without registration, duration online in high quality. This video was added by user Armiya Kundaligi 08 November 2023, don't forget to share it with your friends and acquaintances, it has been viewed on our site 3,398 once and liked it 35 people.