Ushbu videoni telegram kanalimizdan yuklab oling:
👉🏽 https://t.me/Armiya_kundaligi/16507
2024-yil 27-fevraldagi Prezident Farmoniga asosan Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Bosh serjant” va “Bosh serjant yordamchisi” lavozimlari joriy etilgan, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot kotibi polkovnik Otabek Yoʻldashev.
Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida professional serjantlar korpusi faoliyatini takomillashtirish maqsadida mazkur lavozimlar joriy etilgan.
Xabarga koʻra, “Bosh serjant” komandirning maslahatchisi, mazkur toifadagi harbiy xizmatchilarining toʻgʻridan-toʻgʻri boshligʻi hisoblanadi.
Ushbu lavozimlar vazirlik markaziy apparati, harbiy okrug qoʻmondonliklari, birlashma va qoʻshilma batalyonlariga ham kiritilgan.
Bundan tashqari, endi bu lavozimlar guruhda “Guruh serjanti”, vzvodda “Vzvod serjanti” deb nomlanadi.
“Bosh serjant” va “Bosh serjant yordamchisi” lavozimlariga tayinlangan harbiy xizmatchilariga dastlab “Birinchi serjant”, keyinchalik lavozimga mos boʻlgan navbatdagi “Shtab serjanti”, “Master serjant” va “Serjant-mayor” unvonlari bosqichma-bosqich berib boriladi.
#uzarmy #harbiy #armiya #mudofaa #harbiylar
Watch video RASMAN: Harbiy unvonlar yangilandi. Telegram kanalimizdan yuklab oling. online without registration, duration hours minute second in high quality. This video was added by user Armiya Kundaligi 15 September 2024, don't forget to share it with your friends and acquaintances, it has been viewed on our site 8,732 once and liked it 83 people.