Baʼzi mashhur aktyorlar o‘ziga bo‘lgan yuqori baho sabab filmlarda bosh rolga kastinglarsiz ham tanlanishiga ishonadi. Quyida rolidan ayrilgan va ayrilishiga bir baxya qolgan ijodkorlar haqda hikoya qilamiz.
Yaxshi ovozga ega bo‘lish aktyor uchun kasting jarayonidagi eng muhim omil emas. “Malika qurbaqa” multfilmidagi Tiana rolini ijro etishi kerak bo‘lgan Beyonse bunday deb hisoblamagan. Beyonse o‘ziga shunchalik ishonganki, undan kastingdan o‘tish so‘ralganida u shunchaki eʼtiborsiz qoldirgan va yakunda rolni yo‘qotgan. Tiana roli bo‘lsa Anike Noni Rousga nasib qildi.
Leonardo De Kaprioning filmga tanlanishi kinemotografiya tarixidagi qiziq va oshkora voqealardan biri bo‘lsa kerak. U kastingga chaqirishlariga qadar “Romeo va Juletta”, “Basketbolchining kundaligi” va bir qancha filmlarda suratga tushishga ulgurgan edi. Shuning uchun Leo o‘zini har qanday rolni ijro etishi mumkin bo‘lgan birinchi raqamli aktyor sifatida ko‘rgan. Ammo Jeyms Kemeron bilan uchrashuvdan keyin achinarli haqiqatga duch qildi. U kastingga taklif qilinib, Keyt Uinslet bilan qo‘shma sahnani o‘qish so‘ralganida juda hayron bo‘lgan. Avvaliga Leo ular oddiy suhbat va film tafsilotlarni muhokama qilish va bir-birlarimizni yaxshiroq bilib olishamiz deb o‘ylagan, ammo yakunda Jeyms undan kastingda qatnashishni so‘ragan. Avvaliga aktyor qatnashishni istamagan. Kemeron ortiqcha cho‘zmasdan yosh yulduzga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygan. Leo unga bo‘lgan munosabatdan hayratda qolgan. “O‘qimasam, rolni ololmaymanmi? Bu shunchalik oddiymi?”, degan. Bunga javoban Kemeron “ha, bu mening hayotimning ikki yilini egallaydigan ulkan film va men post-prodyuserlik bilan shug‘ullanayotganimda siz yana beshta loyiha bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Men kastingda noto‘g‘ri qaror qabul qilib, filmni buzish niyatim yo‘q. Yoki kastingda ishtirok etasiz yoki roldan mahrum berasiz”, deb aytgan. Leo vaziyatni tushundi va Keyt Uinslet bilan epizodni o‘qib chiqdi. Kemeron birinchi daqiqadayoq uning oldida u izlagan Jek turganini angladi.
Murojaat uchun telegram manzil: @MediaMagnatAdmin
Keyingi videolarimiz nima haqida bo'lishini hohlasangiz albatta izohda qoldiring!
#Tezkor #Qiziqarli #Malumotlar #Foydali #Video #Haqida #Bilib #Oling #Faktlar #Qiziq #Ajoyib #Buqiziq #Kino #Kinolar #Dunyo #Yangiliklari #Prikollar #Prikol #Kulguli #Serial #Seriallar
Смотрите видео KASTINGLARSIZ HAM BOSH ROLNI IJRO ETISHIGA ISHONGAN OLIFTA AKTYORLAR! BULAR NEGA UNDAY QILISHGAN? онлайн без регистрации, длительностью часов минут секунд в хорошем качестве. Это видео добавил пользователь Media Magnat 10 Январь 2024, не забудьте поделиться им ссылкой с друзьями и знакомыми, на нашем сайте его посмотрели 2,547 раз и оно понравилось 49 людям.