Fransiya haqida qiziqarli fakt
1.Mamlakat nomi german qabilasi vakillari franklar nomidan kelib chiqqan. "Frank" so‘zi "erkin"degan ma’noni anglatadi.
2.Ushbu mamlakat turizm bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Har yili u yerga boruvchi sayyohlar soni mamlakat aholisi sonidan oshib ketadi.
3.Fransiya – Yevropa Ittifoqidagi eng katta mamlakat (643,801 km²). Hududi olti burchakli shaklga o‘xshaydi, shuning uchun ko‘pincha uni “L'Hexagone” deb atashadi.
4.Fransiya shiori 1789-yildagi Buyuk inqilob davrida paydo bo‘lgan
5.Gall xo‘rozi Fransiyaning norasmiy ramzi hisoblanadi.
6.Fransiyaning yana bir ramzi – bu Marianna, burmali shapka kiygan yosh ayol. U Fransiya "Erkinlik, Tenglik, Birodarlik" shiorining ramzidir.
7.Fransuzlar aholi jon boshiga sharob iste’mol qilish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Fransuzlar sharob ishlab chiqarish bo‘yicha Italiya bilan raqobatlashib turadi. Fransuzlarda 450 dan ortiq sharob turlari mavjud. Mahalliy aholi sharob turlarini yaxshi bilmasliklarini tan olishadi.
8.Ko‘pchilik yaxshi biladiki, fransuzlar maxsus uzun, ingichka non - bagetni yaxshi ko‘rishadi.Hozirgi kunda Parijning o‘zida har kuni 500 mingga yaqin baget sotiladi!
9.Fransiya bayrog‘i uchburchak bo‘lib, unda oq rang Burbonlar qirollik oilasini, qizil va ko‘k ranglar Parij kommunasini anglatadi.
10.Mamlakatning madhiyasi “Marselyeza” Fransiya inqilobi yillarida yozilgan.
11.Fransuzlar eng depressiv xalq hisoblanadi. Ular antidepressant dorilar ichish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallashadi.
12.Fransiyada (dengiz hududlarini hisobga olganda) 12 ta vaqt zonasi mavjud, bu dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko‘proq.
13.Fransiya adabiyot bo‘yicha eng ko‘p Nobel mukofotiga (15) ega, undan keyin AQSh (13 laureat) va Buyuk Britaniya (10) turadi.
14.Fransuz armiyasi xat tashuvchi kabutarlarga ega bo‘lgan Yevropadagi yagona harbiy kuch. Ular biron bir ofat yuzaga kelganda ishlatish uchun zaxirada saqlanadi.
15.Fransiya aholi jon boshiga yadro qurollari soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. Undan keyin Yaponiya va AQSh turadi.
16.Fransiya jamoat transport tizimi paydo bo‘lgan dunyodagi birinchi mamlakatdir. 1660-yilda transport vositalari 5 yo‘nalishda sayohatchilar uchun xizmat qilgan.
17.Ikkinchi jahon urushidan oldin Fransiya soati London vaqti bilan bir xil bo‘lgan.
18.Fransuz kommunalaridan biri Y deb ataladi va uning aholisi Ipsilon deb ataladi.
19.Fransiyada aholi yashamaydigan ammo o‘z merlariga ega oltita kommunalar bor.
20.Fransiyaning bayramona taomlari, barcha marosim va taom tortish an’analari YUNESKO’ning nomoddiy-madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
21.Fransiyada juda g‘alati qonunlar mavjud. Masalan, cho‘chqalarni Napoleon deb atash taqiqlanadi.
22.Fransiyada 400 ga yaqin pishloq turlari ishlab chiqariladi!
23.Parijning eng qadimiy ko‘prigi Yangi ko‘prik (Le Pont Neuf) deb nomlanadi.
24.Parijdagi eng ommabop joy ko‘pchilik o‘ylaganidek Eyfel minorasi yoki Luvr muzeyi emas balki Parij Disneylendidir.
25.Fransiyada vafot etgan kishi bilan rasmiy ravishda turmush qurish mumkin, nikohdan keyin turmush qurgan odam shu zahotiyoq beva bo‘lib qoladi. Bunday nikohga ruxsat beradigan qonun shaxsan mamlakat prezidenti tomonidan imzolangan.
26.Fransuzlar kruassansiz nonushtani tasavvur qila olishmaydi.
27.1964-yilgacha fransuz ayollari erining ruxsatisiz pasport ololmagan va bankda hisob raqami ochtira olmagan.
28.Fransuzlarning mashhur “fua gra” taomi Misrda taxminan 4500 yil oldin paydo bo‘lgan.
29.Nikotin nomi fransuzlar bilan bo‘g‘liqligini bilarmidingiz.
30.Fransiyada 40 000 qasr va saroy bor, Luvr dunyodagi eng katta saroy hisoblanadi.
31.Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha Fransiya AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Fransiyada 5 ta yozgi, 3 ta qishgi olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan.
32.Fransiyada har kuni ikkita oshpazlik kitobi nashr qilinadi.
33.Fransiyada odamlar bir-birlari bilan o‘pishib ko‘rishishadi. O‘pichlarning soni odamlarning qaysi mintaqadan ekanligiga bog‘liq.
34.Fransuz tezyurar poyezdlari dunyodagi eng tezyurar poyezdlar hisoblanadi, ularning o‘rtacha tezligi soatiga 263 kilometrni tashkil etadi.
35.Oddiy fransuz yiliga besh yuzga yaqin shilliqurt yeydi.
36.Fransiyagi chorrahalar dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko‘p (taxminan 30,000).
37.Fransuz savdogarlari xaridorlarga qaytim qaytarishga majbur emaslar. Shuning uchun xaridorlar narsalarni aniq bir pulga olishga harakat qilishadi.
38.Fransiyaning Grass shahri butun dunyo parfyumeriya shahri hisoblanadi.
39.1889-yilda qurilgan Eyfel minorasi 40 yil davomida insonlar tomonidan qurilgan eng baland bino bo‘lib qoldi. Uning balandligi 342 metrga yetadi va unda 1665 zina bor.
40.Fransuz ayollari Yevropa Ittifoqidagi eng uzoq umr ko‘ruvchi ayollar hisoblanadi.
41.Fransiyada hisoblash mashinasi, havo kemasi, parashyut, suv osti kemasi, tez yordam xizmati, fotografiya va kino ixtiro qilingan.
Keyingi videolarimiz nima haqida bo'lishini hohlasangiz albatta izohda qoldiring.
Смотрите видео SIZ BILGAN VA BILMAGAN FRANSIYA HAQIDA TO'LIQ MA'LUMOTLAR // FRANSIYANI QAYERLARIGA BORISH KERAK.... онлайн без регистрации, длительностью часов минут секунд в хорошем качестве. Это видео добавил пользователь Media Magnat 01 Октябрь 2024, не забудьте поделиться им ссылкой с друзьями и знакомыми, на нашем сайте его посмотрели 722 раз и оно понравилось 20 людям.