EKO haqida bafurja ma'lumot

Опубликовано: 01 Январь 1970
на канале: ДОКТОР ИСЧАНОВ
216,061
3.1k

EKO degani oddiy qilib aytganda
sun'iy urug'lantirishdir. Bu usul
1978 yildan beri dunyoda samarali
qo'llanib kelib, minglar bepusht
oilalarga farzand baxtini ulashib
kelmoqda.
EKO ruscha "ekstrakorporalnoye
oplodotvoreniye" atamasining
qisqartmasi. Uning ma'nosi
shundaki, urug'lanish ayol
organizmida emas, balki
tashqi muhitda sun'iy ravishda
amalga oshirilib, hosil bo'lgan
embrion esa bir necha kundan
so'ng ayol bachadoniga sun'iy
kiritiladi.
Buning uchun ayol tuxumdoni kuchli
stimulyatsiya qilinadi. Natijada
tuxum hujayralariga ega bir necha
follikula yetilib chiqadi. Shifokor
tuxumdonini tashqaridan maxsus
igna orqali punksiya qilib yetilgan
tuxum hujayralarini chiqarib oladi.
Bu tuxum hujayralari erkak
spermatozoidlari bilan maxsus
probirkada urug'lantiriladi. Agar
erkak spermatozoidlarining sifati
past bo'lsa, IKSI uslubi yordamida
spermatozoidning urug'lantirish
qobiliyatiga ega bo'lgani ajratilib
olinadi, agar urug'lantirish
qobiliyatiga ega bo'lmasa unda
donor spermasidan foydalaniladi.
Probirkada urug'langan tuxum
hujayrasi bir necha kun davomida
bo'linish natijasida embrionga
aylanadi. Shundan so'ng embrion
ayol bachadoniga maxsus yo'l bilan
kiritiladi va embrion o'z
rivojlanishini bachadonda oddiy
homiladorlik singari davom etadi.

Sun'iy urug'lantirish bepushtlikning
qaysi holatlarida qo'l kelishi
mumkin?
1. Ayolning ikkala bachadon
yo'llarining yo'qligi yoki ularning
o'tkazuvchanligi juda pastligi;
2. Erkak bepushtligi
(spermatozoidlarning sifatsizligi);
3. Bepushtlikni davolashning boshqa
yo'llari 10 yildan ortiq samarasiz
bo'lganligi;
4. Bepushtlikning sababi noaniq
ekanligi.
Erkakning spermatozoidlari umuman
urug'lantirish xususiyatiga ega
bo'lmagan hollarda spermatozoidlar
bazasidan donor spermasidan
foydalaniladi.
Sun'iy urug'lantirishning natijasi
qanday?
Suniy urug'lantirishdan homilador
bo'lish imkoniyati yaxshi, lekin
bunday homiladorlikni saqlab qolish
ko'p faktorlarga bog'liq:
er-xotinning umumiy salomatligi;
er-xotin yoshi (qanchalik yosh
bo'lsa, shunchalik homiladorlik
saqlanish ehtimoli katta);
sun'iy yetilgan embrionning sifati;
to'g'ri belgilangan va amalga
oshirilgan muolaja va boshqa
faktorlar.
Bir marta sun'iy urug'lantirish
natijasida homiladorlik yuz
bermagani hech narsani bildirmaydi.
Xuddi oddiy homiladorlik singari
sun'iy homiladorlik urunishlari ham
bir necha bor takrorlanib bola
tug'ilish ehtimoli bor.
Sun'iy urug'lantirish muolajasi
o'rtacha necha pul turadi?
Sun'iy urug'lantirish muolajasining
narxi har xil mamlakatda
turlichadir. Statistik ma'lumotlarga
qaraganda o'rtacha 5000 AQSH
dollaridan 10000 AQSH dollarigacha
tashkil qiladi. Undan tashqari
samolyot, yashash va dori-darmon
xarajatlarini ham inobatga olish
lozim.


Смотрите видео EKO haqida bafurja ma'lumot онлайн без регистрации, длительностью часов минут секунд в хорошем качестве. Это видео добавил пользователь ДОКТОР ИСЧАНОВ 01 Январь 1970, не забудьте поделиться им ссылкой с друзьями и знакомыми, на нашем сайте его посмотрели 216,061 раз и оно понравилось 3.1 тысяч людям.