🎬 "Men kimman?" ko'rsatuvining 2-mavsum 1-soni.
📊 14 yoshli treyder qiz - Ruxshona Anvarjonova o'z kasbi haqidagi eng dolzarb savollarga javob berdi.
00:00 - Anons
01:07 - Treyding sohasiga qanday kirib kelgansiz?
02:24 - Qisqacha aytganda, treyding qanday soha?
02:44 - Kimlar treyder bo'la oladi? Bunda yosh chegarasi bormi?
03:10 - Treyder bo'lish uchun qayerda va qancha muddat o'qish kerak?
03:51 - Treyder, investor va brokerning farqi nimada?
04:09 - Treyderning bir oylik daromadi qancha va bu nimaga bog'liq?
04:32 - Umuman, treyderning daromadi qancha muddat bilan o'lchanadi?
04:44 - Treyderni kimning oldida majburiyati bor?
04:55 - Dunyoda qancha brokerlik kompaniyalari bor?
05:11 - Soxta brokerlarni qanday aniqlash mumkin?
05:27 - Siz birjada nima bilan savdo qilasiz?
05:34 - "Forex" o'zi nima?
05:55 - Malakali treyder bilan malakasiz treyderning farqi nimada?
06:35 - Treyding sohasiga qancha summa bilan kirish kerak?
07:12 - Treyder bir kunda necha soat ishlaydi?
07:45 - Treyderning ish jarayoni qanday kechadi?
08:38 - Sohangizdagi qiyinchiliklar nimalardan iborat?
08:50 - "Bugunda treyding sohasida o'zbeklar juda muvaffaqiyatli",
degan fikr bor. Bu qanchalik to'g'ri va nima uchun?
09:11 - Kimlar bu sohani tanlamaganlari ma'qul?
09:36 - Treyder kerakli bilimni olib bo'lgach, o'zi mustaqil ravishda birjada savdo qilishni boshlashi uchun unga qanday vositalar kerak bo'ladi?
10:17 - Treyder qanday sharoitda savdo qila olmaydi?
10:36 - Treyder uchun internet tezligi qanchalik muhim?
10:57 - Treyder qanday xislatlarga ega bo'lishi kerak?
11:24 - Ba'zilar bu sohani halol emas, deyishadi. Bu fikrga qanday qaraysiz?
12:16 - Yoshlarga qanday tavsiyalaringiz bor?
13:00 - Sizda ta'lim olishni istagan yoshlarga qanday talablar qo'yiladi?
13:57 - O'qish qay yo'sinda bo'ladi?
14:27 - O'qish qancha vaqt davom etadi?
Turli kasblar haqida qisqa va lo'nda, biroq batafsil ma'lumotlarni berib boruvchi "Men kimman?" dasturining 2-mavsumi yanada qiziqarliroq tarzda bo'ladi. Endilikda sizni qiziqtirgan soha bo'yicha katta muvaffaqiyatlarga erishgan yoshlarning o'zlaridan intervyu olamiz. Ular o'z kasbi borasida blits usulida beriladigan bizning eng dolzarb savollarimizga javob berishadi; shaxsiy tajribalari, yo'l qo'ygan xatolari va erishgan yutuqlarining sirlarini siz bilan baham ko'rishadi. Bu esa katta hayotga qadam qo'yish arafasida turgan yoshlarni "Kelajagimni qaysi kasb bilan bog'lasam ekan?", degan savoliga javob bo'lishi mumkin. Tengdoshlaringizning samimiy so'zlariga quloq tuting, o'zingiz uchun xulosalar yasang va motivatsiya oling!
✅ Ushbu loyiha O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida moliyalashtirilgan.
▶️ "Ijtimoiy Media Loyihalar Markazi" NNT mahsuloti.
#biztv #menkimman #treyder
Смотрите видео 9 yoshidan TREYDERlik qilayotgan QIZ | "Men kimman?" онлайн без регистрации, длительностью часов минут секунд в хорошем качестве. Это видео добавил пользователь Biz TV 17 Сентябрь 2021, не забудьте поделиться им ссылкой с друзьями и знакомыми, на нашем сайте его посмотрели 1,747,343 раз и оно понравилось 36 тысяч людям.