KICHIKFE'L OLIM...
Assalomu alaykum, IRFONTVning aziz kuzatuvchilari!
Birmuncha muddatlik tanaffusdan keyin yangi loyihalar bilan yana sizlar bilan birgamiz!
Yangi loyihalar ustida bosh qotirar ekanmiz, jamiyatimizda dolzarb bo'lgan muammolarga yechim qidirish asosiy muddaoyimiz edi.
Bu borada bizga kim yo'l ko'rsatadi? Albatta, ustozlarimiz!
Ustozlarga murojaat qildik va ularning maslahatlari bilan vatanimizdagi olimlarimiz bilan suhbatlar tashkil etishga qaror berdik.
Olimlarga jamiyatimizni qiynayotgan savollar bilan murojaat qilib, ularning javoblarini xalqimizga yetkazishni bosh maqsad deb belgilab oldik.
Yangi loyihamizning nomi "Mezon" va ushbu ko'rsatuvimizning birinchi mehmoni adabiyotshunos, tarjimashunos olim, fillologiya fanlari nomzodi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan ma'daniyat hodimi, Chingiz Aytmatov akademiyasi faxriy akademigi, Oʻzbekiston — Qirgʻiziston doʻstlik jamiyatining raisi Zuhriddin domla Isomiddinov bo'ldilar.
Shu o'rinda biz ularga murojaat qilganimizdagi ayrim kuzatgan voqealarimizni bayon qilishni o'rinli deb bildik. Zero olim, jamiyat arboblari millat yetakchilaridir va biz ulardan ibrat olsak, nur ustiga nur bo'ladi.
Zuhriddin domlaga aloqaga chiqqanimizda, darhol iltimosimizga labbay deb javob berdilar va O'zbekiston—Qirg'iziston do'stlik jamiyatining bosh ishxonasiga taklif qildilar, ular bilan telefon orqali bog'langanimizda juda xushmuomalalik bilan javob berdilar.
Ishxonalariga borganimizda, tabassum bilan xuddi eski qadrdonlaridek kutib oldilar. Xonaga kirdik, gilam solingan, oyoq kiyimlarni yechdik, o'ng tarafda Hazrat Alisher Navoiyning surati to'qib tushirilgan gilam diqqatimizni jalb qildi, u joyda haqiqiy o'zbekona iforni, sakinatni his qildik.
Domla bilan yaqindan tanishib, tasvirga olish kunini va vaqtini ertasi kuniga belgilashimiz mumkinligini aytdilar, bizni bu juda xursand qildi.
Gapimiz oxirlab ketishga shaylanar ekanmiz, domla manzilimizga eltib qo'yish ma'nosida qayerda turishimizni so'radilar, ulovimiz borligini bildirib, ularga minnatdorchilik izhor qilib, xayrlashdik.
Ertasi kuni aytilgan vaqtda uchrashib, tasvir ishlariga tayyorgarlik jarayoniga kirishdik, domla yoshlari ulug' bo'lishiga qaramasdan bizga texnikalarimizni joylashtirishga ham yordam bermoqchi bo'lib bizni xijolatga qo'ydilar...
Bularni yozar ekanmiz, olim haqiqiy kichikfe'l, yuksak axloq bo'lishiga amin bo'ldik.
00:00 kirish
01:43 tanishuv
02:52 Zuhriddin Isomiddinov kim?
08:20 Hayotning ma'nosi nimada?
12:02 Erkning chegarasi qayerda va qullik qayerdan boshlanadi?
19:40 Millat, xalq birdamligi nima? Mafkura kerakmi?
23:16 Inson nima uchun tajovuz qiladi? Bosqinchilikning mohiyati nima?
29:14 Xalqimiz uchun yetishmayotgan fazilatlar nima?
33:30 Nozik bir masala
37:45 Ulg'ayganda inson o'z yoshligiga qanday munosabatda bo'ladi?
42:09 Yoshlikni qanday sarflash kerak?
47:58 FEMINIZM. Oila qurish nimaga kerak?
50:41 Erkak va ayolning vazifasi qayerdan boshlanib qayerda tugaydi?
54:58 Kino, kitoblarda ota-onalar farzandlarini tushunmaydigan qilib koʻrsatiladi, aslida bu toʻgʻrimi?
57:24 Ota-ona va farzand munosabatini buzulishiga olib kelmaydimi?
59:39 Siz uchun siyosat nima?
01:01:18 Neojadidchilar
01:03:34 Siyosiy faoillik qanchalik muhim?
01:05:13 O'zbek millati, o'zbek xalqi, o'zbek davlatini qanday ko'rasiz?
01:09:12 Maʼnaviy biqiqlik va fikriy kenglik nima?
01:11:22 Adabiyot haqida.
01:14:56 Zamonamizda xalqning, millatning, xatto davlatning muammolariga labbay deb javob beradigan shaxs va jamiyat fojeasini aks ettirgan, qanday asarlarni zikr eta olasiz?
01:18:01 "Mezon" dasturining kelgusi mehmoni kim?
IrfonTV onlayn ilmiy-ma’rifiy telekanali faoliyatini xolis Alloh yo‘lida qo‘llab-quvvatlashni istagan barchaga ushbu kartalar raqamlarini taqdim qilmoqdamiz.
8600 5103 2644 3079 UzCard
9860 2501 0191 4753 Humo
4602 9400 1292 0592 Visa
UMAR RAXMANBERGANOV
Murojaat uchun telegramdagi manzilimiz:
http://t.me/tvirfon_admin
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
http://myurls.co/irfontv
/ irfontv
http://t.me/tvirfon
/ tvirfon
/ tvirfon
/ irfontv
Watch video Zuhriddin Isomiddinov | MEZON 1-son online without registration, duration hours minute second in high quality. This video was added by user IRFONTV 01 January 1970, don't forget to share it with your friends and acquaintances, it has been viewed on our site 758 once and liked it 46 people.