Afg‘onistondagi yagona ayollar qamoqxonasi poytaxt Kobul shimolidagi Bodom bog‘i o‘ngida joylashgan.
Bu yerda jazo muddatini o‘tayotgan xotin-qizlar odam o‘ldirishu giyohvand moddalar tashish, fohishaligu o‘g‘rilik kabi turli jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilganlar.
Ayollarga maxsus mo‘ljallangan bu kichik qamoqxona doimo katta janjallar markazida bo‘lgan.
Ammo bu qamoqxona haqida juda oz maqolalar chop etilgan.
Ayollar qamoqxonasi Afg‘onistondagi eng yirik qamoqxona – Puli Charxidan olti yil avval ajratildi.
Puli Charxi qamoqxonasida saqlangan mahbusalarning qamoqxonada ishlovchi erkak xodimlar tomonidan zo‘rlangani haqida gap-so‘zlarninng tarqalishi ayollar va erkaklarni alohida-alohida qamoqxonada saqlash zaruratini tug‘dirgandi.
Endi ayol mahbuslar erkak nozirlar nigohidan uzoqda.
Qamoqxona
Qamoqxonaga kirishga azm etganimizda, ulkan temir darvozalar o‘ngidagi erkak qo‘riqchilar bizni tekshiruvdan o‘tkazishdi.
Qamoqxona darvozasidan ayollar saqlanuvchi binoga qadar aylanma yo‘llar bilan piyoda o‘n daqiqacha yurishga to‘g‘ri keldi.
Uch qavatli bu binoning uchinchi qavatida o‘ta ashaddiy, ikkinchi qavatida o‘rta va birinchi qavatda yengil jinoyatchi ayollar saqlanishadi.
Kuzatuvchilar Afg‘onistondagi boshqa qamoqxonalar singari Kobuldagi ayollar qamoqxonasi ham kamchiliklardan xoli emasligini aytishadi.
Qamoqxona faoliyatini kuzatib boruvchi "Adolat" huquqiy-ijtimoiy tashkilotininng mas‘uli Shamsiddin Shamsning aytishicha, qoralovchi va himoyachilar qamoqxonaga bemalol kirish imkoniga egalar.
Shamsiddin Shams qamoqxonada saqlanayotganlar ular ko‘magida noqonuniy yo‘llar bilan turli jihozlar, jumladan, uyali telefon vositalari va telefon kartlariga ega bo‘lishayotganlarini aytadi.
"Kobuldagi ayollar qamoqxonasidagi mahbus ayollar o‘z yaqinlari bilan hech qanday qiyinchiliksiz muloqot qilish imkoniga egalar. Uyali telefon, ayniqsa, og‘ir jinoyat sodir etgan ayollarda ko‘p", – deydi Shamsiddin Shams.
O‘z uyidan qochgan yosh qiz Xolidaning aytishicha, mahkama jarayonida hakam u bilan jinsiy yaqinlik qilsa, ozodlikka chiqarishga va‘da beradi.
Biroq Xolida hakam qo‘ygan shartga rozi bo‘lmaganini aytadi.
Xolida o‘z so‘zlarini isbotlay olmasligini, rasmiylar ham bu da‘voni qabul qila olmasliklarini ta‘kidlashadi.
Onalariga qo‘shib bolalari ham...
Qamoqxonada 54 go‘dak o‘z onalari bilan saqlanadi.
Ikki yil muqaddam bu yerga keltirilgan Zahro yana 12 yil umrini panjaralar ortida o‘tkazishi kerak.
U bunga parvo qilmasligini, ammo o‘zi bilan birga bo‘lgan besh farzandi taqdiridan xavotirda ekanini aytadi.
Afg‘oniston qonunlariga muvofiq, bolaning qamoqxonada onasi bilan birga ushlab turilishi mumkin emas.
Ammo onasi ozodlikdan mahrum etilgan bolalarni boqishga kim mas‘ul ekani borasida ham hech narsa deyilmagan.
Afg‘oniston Adliya vazirining muovini Yusuf Halimning aytishicha, bolalar qamoqxonada o‘z onalarining iltimosi bilan ushlab turiladi va faqat ozodlikda kimsasi bo‘lmagan bolalargagina o‘z onalari yonida turish izni beriladi.
Qamoqxonada bolalar bog‘chasi va maktab mavjud esa-da, mas‘ullar qamoqxona fazosi ularning ruhiyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishini tan olishadi.
Ayollar qamoqxonasida to‘rt Pokiston va to‘rt Eron fuqarolari ham bor. Ularning barchasi giyohvand moddalar savdosida aybdor deb topilgan.
Watch video DUNYODAGI ENG YOMON AYOLLAR QAMOQXONASI ! АЁОЛЛАР ҚАМОҚХОНАСИ online without registration, duration 04 minute 49 second in high quality. This video was added by user XAYRAT UZ 17 November 2020, don't forget to share it with your friends and acquaintances, it has been viewed on our site 320,319 once and liked it 2.2 thousand people.