Ushbu filmda Melis Abzalov o'zining avvalgi "Buvijon-general" nomli kartinasida boshlagan "rahbar"ni jamoa - oila orqali qayta tarbiyalash mavzusini davom ettiradi. Oldingi film singari, bu yerda ham bosh qahramonlar - katta oila a’zolari bo'lib, ularning boshida keksa Farmon-bibi turadi.U halol va dono ayol, mehribon ona, adolatli qaynona. Biroq bir qarashda u oilaning hisob-kitobli va despotik bekasi bo'lib tuyulishi mumkin. U vaqti-vaqti bilan o'g'illarining yetti kelini hamda yigirma nabirasini har xil nodonliklardan tiyib turadi. Aynan shunday taassurot u kelinlarning eng kichigi - Nigora uchun ham qoldirgan edi. Lekin u Farmon-bibining oiladagi qattiqqo'lligiga qarshi bosh ko'taradi va boshqa kelinlarni ham o'z tomoniga og'diradi.Ammo bu “isyon” hech kimning yutug'i bilan yakunlanmadi - tomonlar oxir-oqibat bir-birlarining ajoyib fazilatlarini ko'rib, avvalgidek tinchlik va farovonlikda yashashga qaror qilishdi.
Melis Abzalov filmi
RizaNova ilovasini yuklab oling @ https://rizanova.uz/apps
Obuna bo'ling @ / rizanovauz
RizaNova @ Instagram / rizanovauz
RizaNova @ Telegram https://telegram.me/RizaNovaUZ
Watch video Kelinlar qo'zg'oloni (o'zbek film) | Келинлар кузголони (узбекфильм) online without registration, duration 01 hours 11 minute 31 second in high quality. This video was added by user Uzbekkino 02 March 2024, don't forget to share it with your friends and acquaintances, it has been viewed on our site 2,118,235 once and liked it 11 thousand people.